1. Umumiy qoidalar
“Yil tanlovi — 2026” (keyingi o‘rinlarda — Tanlov) yil davomida o‘z sohasida yuqori natija ko‘rsatgan shaxslar, bizneslar va tashkilotlarni aniqlash va e’tirof etish maqsadida o‘tkaziladigan jamoatchilik tanlovidir. Tanlov davlat mukofoti hisoblanmaydi.
2. Nominatsiyalar va e’tirof turlari
Har bir soha uchun bitta nominatsiya o‘tkaziladi (masalan, “Yilning eng faol tadbirkori”). Nominatsiyada ikki xil e’tirof mavjud:
- G‘oliblar — faqat ishtirokchilar orasidagi raqobat natijasida aniqlanadi;
- Faol ishtirokchilar — saralashdan o‘tib, nominatsiyada faol qatnashgan, ammo g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilar. Ularga “Faol ishtirokchi” sertifikati beriladi.
Ariza topshirganlarning hammasi ham ishtirokchi bo‘lavermaydi: mezonlarga javob bermagan arizalar saralashdan o‘tmaydi.
3. Ishtirok
Ariza nomzodning o‘zi yoki uni munosib deb bilgan boshqa shaxs tomonidan topshirilishi mumkin. Ariza topshirish bepul. Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelishi shart; yolg‘on ma’lumot aniqlansa, ariza yoki berilgan sertifikat bekor qilinadi.
4. Saralash
Tashkiliy qo‘mita arizalarni ko‘rib chiqadi va mezonlarga javob beradiganlarni ishtirokchilar ro‘yxatiga kiritadi. Rad etilgan arizalar sababi ariza sahifasida ko‘rsatiladi.
5. Baholash
G‘oliblar jamoatchilik ovozi va mustaqil hakamlar bahosi asosida aniqlanadi. Hakamlar har bir ishtirokchining shu yildagi natijalarini nominatsiya mezonlari bo‘yicha mustaqil baholaydi.
Ovoz Telegram bot orqali beriladi: bitta Telegram akkaunt har bir nominatsiyada faqat bitta ishtirokchiga ovoz bera oladi. Sun’iy ovoz to‘plash (bot, sotib olingan akkauntlar) aniqlansa, bunday ovozlar bekor qilinadi, takroriy holatda ishtirokchi chetlatiladi.
6. Taqdirlash
G‘oliblarga o‘rni ko‘rsatilgan sertifikat, faol ishtirokchilarga “Faol ishtirokchi” sertifikati beriladi. Hakamlar loyiq ko‘rgan g‘oliblar va faol ishtirokchilarga ko‘krak nishoni, guvohnoma va boshqa esdalik buyumlari topshiriladi. Har bir hujjatda noyob raqam va QR-kod bo‘lib, haqiqiyligini tekshiruv sahifasida ko‘rish mumkin.
7. Shaxsiy ma’lumotlar
Telefon raqami va bog‘lanish ma’lumotlari ochiq e’lon qilinmaydi. Ishtirokchilar ro‘yxati ochiq e’lon qilinmaydi. Saytda faqat g‘oliblar va faol ishtirokchilar — rozilik berilgan taqdirda — e’lon qilinadi.