YIL TANLOVI – 2024

«YIL TANLOVI – 2024» YAKUNIY bosqich (Jamoatchilik so‘rovnomasi)

«2024 YILNING ENG YAXSHI YOSHLAR YETAKCHISI»

2024 yilda faol ishlagan, yoshlarga eng yaqin bo‘lgan, yoshlarning talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi bo‘lgan «2024 YILNING ENG YAXSHI YOSHLAR YETAKCHISI»ni aniqlang!

Qaysi mahalla yoshlar yetakchisi joriy yilda qanday ishlaganini sizning e’tirofingiz aniqlab beradi.

ASOSIY QOIDALAR

Tanlov ijtimoiy so‘rov hamda jurnalist va blogerlarning e’tirofi asosida “Eng yaxshi mahalla”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “2024 yilning eng yaxshi maktabi”, “Eng faol viloyat hokimi”, “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi vazirligi”, “Yilning eng yaxshi brendi” hamda yil davomida xalqning ishonchini qozongan tijorat banklari kabi 20dan ortiq nominasiyalar bo‘yicha saralanadi.

TANLOVDA QANDAY ISHTIROK ETISH MUMKIN?

Tanlov ishtirokchilari ro‘yxati www.yiltanlovi.uz axborot portali tomonidan rasmiy sayt hamda Telegram ijtimoiy tarmog‘ida sahifalarimizda e’lon qilib boriladi. Shuningdek, jamoatchilik tomonidan hududlar bo'yicha Telegram kanallarimizda e’lon qilingan ro‘yxatda ko‘rsatilgan tashkilotlar va yetakchi shaxslarga ovoz beriladi.

NATIJALAR QACHON E’LON QILINADI?

So'rovnomalar natijalari so'rovnoma yakunlangandan keyin tuman(shahar), viloyat va respublika bosichida navbat bilan hudidiy telegram kanallarda bosqichma bosqich e'lon qilinadi. Sovrindorlar maxsus sertifikat, tanlov ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek ovoz yig‘ish muddatlari Telegram kanallarimizda e'lon qilib boriladi.

Tanlov nizomi: NIZOM